| № | Beton markasi | Siqilishga chidamliligi (MPa) | Aralashmaning qattiqligi / harakatchanligi | Qo‘llanilish sohasi | Xususiyatlari |
| 1 | В-15 | 15 | P3 | Qoplamalar (stiajkalar), trotuarlar, kam yuklamali konstruktsiyalar | Ichki va tashqi ishlar uchun mos |
| 2 | В-20 | 20 | P3-P4 | Pol qoplamalari, xususiy uylar poydevorlari | O‘rtacha mustahkamlik, yotqizish oson |
| 3 | В-22,5 | 22,5 | P4 | Turar joy va tijorat obyektlari, yo‘l qoplamalari | O‘rtacha yuklama uchun universal beton |
| 4 | В-25 | 25 | P4 | Poydevorlar, devorlar, orayopma plitalari, yo‘llar | Ko‘pchilik qurilish obyektlari uchun standart |
| 5 | В-30 | 30 | P4-P5 | Yuqori yuklamali konstruktsiyalar, sanoat obyektlari | Kuchli yuklama ostidagi pol va yo‘llar uchun mos |
| 6 | В-35 | 35 | P5 | Monolit orayopmalar, yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalar | Murakkab obyektlar uchun yuqori mustahkam beton |
| 7 | В-40 | 40 | P5 | Sanoat binolari, magistral yo‘llar, ko‘priklar | Yuklamalar va atmosfera ta’sirlariga yuqori chidamlilik |
| 8 | В-45 | 45 | P5 | Ko‘prik konstruktsiyalari, juda yuqori yuklamali elementlar | Ekstremal yuklamalar uchun yuqori mustahkam beton |
Mahsulotlarimizning afzalliklari
- Zamonaviy uskunalar va sifatli xomashyo
- Ishlab chiqarishning har bir bosqichida laboratoriya nazorati
- Namunalari bilan hujjatlashtirilgan sifat kafolati
- Amaldagi standartlar va me’yoriy talablarga to‘liq moslik
- Mahsulotlarni O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish imkoniyati
Har bir beton qorishmasi markasi qurilish konstruksiyalarining ishonchliligi, mustahkamligi va uzoq xizmat
qilishini ta’minlaydi hamda yuqori ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni kafolatlaydi. Sifat kafolati ko‘p yillik
tajribaga ega professorlar, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar faoliyat yuritadigan laboratoriya tomonidan
ta’minlanadi. Yetkazib berish kompaniya hisobidan O‘zbekistonning istalgan hududiga amalga oshiriladi.
Kompaniyamiz zamonaviy mustahkamlik va ishonchlilik standartlariga javob beradigan keng turdagi beton aralashmalarini taklif etadi. Barcha aralashmalar zamonaviy uskunalar yordamida ishlab chiqariladi va qattiq laboratoriya sinovlaridan o’tkaziladi, bu esa qurilish konstruksiyalarining mustahkamligi va yuqori sifatini kafolatlaydi.
